Namanganda ikki uy va bir avtomobil gaz balloni portlashi oqibatida yonib ketdi

3-sahifa

image

Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida gaz balloni portlashi oqibatida ikki uy va bir avtomobil yonib ketdi. Bu Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 17 avgust kuni soat 19:08 da Uchqorg‘on tumani “Qumto‘g‘on” MFY Yangiobod-18 ko‘chasida joylashgan uylarning birida sodir bo‘lgan. 

Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati FVBning 2 ta yong‘in o‘chirish ekipaji soat 19:14 da voqea joyiga yetib borib, yong‘inni soat 19:38 da to‘liq bartaraf etishgan.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in oqibatida xonadon shift va tom qismining 65 kvadrat metr maydoni va uy-ro‘zg‘or buyumlari, darvozaxonada turgan  Lada Largus rusumli avtomobil hamda qo‘shni xonadon tom qismining 15 kvadrat metr maydoni yonib  zararlangan. Shuningdek,  uy egasi kuyish tan-jarohati olgan.

Xabarga ko‘ra, xonadonning 500 kvadrat metr maydoni yong‘indan saqlab qolingan. 

Hozirda yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanib, hodisa yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

103

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing