Namanganda IIB xodimlari fuqarolar bilan janjallashdi
3-sahifa
−
29 may 2023
9399Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar xodimlari ikki nafar fuqaroni urib, qo‘liga kishan taqqani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holatga Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Shu yilning 27 may kuni soat 00:10 da tungi xizmatga jalb qilingan Uchqo‘rg‘on tumani IIB profilaktika inspektorlari tumandagi “Sanoat” mahallasi, Chinor ko‘chasida joylashgan kompyuter o‘yinxonasining oldidan o‘tib ketayotganda ushbu joyda 10 nafardan oshiq fuqarodan 2 nafari jamoat tartibini hamda fuqarolar tinchligini buzib janjal ko‘tarayotganiga guvoh bo‘lgan.
Xodimlar tomonidan yigitlarni tartibga chaqirish maqsadida murojaat qilinganda, 1998 yilda tug‘ilgan fuqarolar – B.I. va T.T.lar xodimlarning qonuniy talablarini bajarmay, faol qarshilik ko‘rsatib, huquqbuzarliklarini davom ettirgan.
Shu sababli yigitlar qonuniy tartibda tuman IIBga olib kelinib, ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (ichki ishlar organi xodimining qonuniy talabini bajarmaslik) bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
LiveBarchasi