Namanganda “gazzapravka” yonib ketdi
3-sahifa
−
02 Oktabr 2021
8683Bugun, 2 oktyabr kuni Namangan tumanida Avtomobilga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi (AGTKSH) da yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Soat 00:13 da Namangan tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga Namangan tumani “Qurama” mahalla fuqarolar yig‘ini Qorasuv ko‘chasi 2-uyda joylashgan “Zamin Metal Sanoat” MCHJga qarashli 1-AGTKSHda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.
Zudlik bilan voqea joyiga Namangan tuman va Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limlari yetib borgan hamda yong‘in soat 00:27 da qurshab olingan va soat 00:45 da o‘chirildi.
Yong‘in natijasida shaxobchani birinchi gaz quyish uskunasi va shift qismida 40 kv.metr joyi yonib zararlangan. Yong‘in natijasida insonlarni kuyish tan jarohati olish hamda halok bo‘lish holatlariga yo‘l qo‘yilmagan.
Hozirda yong‘in yuzasidan tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.