Namanganda fuqarolarni soxta hujjatlar bilan Rossiyaga jo‘natayotganlar ushlandi
Jamiyat
−
15 fevral 2021
3603Namangan viloyatida fuqarolarni Rossiya Federatsiyasiga qalbaki hujjatlar orqali yubormoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX tomonidan Namangan viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar N.X. va A.A. lar pandemiya davrida Rossiya Federatsiyasiga kirish taqiqlanganligidan foydalanib, ushbu davlatga ketish istagida bo‘lgan ikki nafar fuqaroning ishonchiga kirgan.
Ularga davolanish uchun soxta taklifnoma asosida Rossiya Federatsiyasiga chiqarib yuborish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 1000 AQSH dollari va 5,2 mln so‘mni olib, qalbaki hujjatlarni bergan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 va 228-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi