Namanganda erkak to‘yda sobiq xotinini pichoqlab qo‘ydi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Namanganda erkak tanishining to‘yida sobiq xotiniga pichoq bilan jarohat yetkazdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 28 iyul kuni soat 14:30 larda To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro mahallasidagi 1987 yilda tug‘ilgan sinfdoshining uyida o‘tkazilgan to‘yda qatnashgan. U, to‘yda To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan sobiq turmush o‘rtog‘i bilan tortishib qoladi. 

Tortishuvdan so‘ng, ular tashqariga chiqishgan. Erkak ko‘chada oshxona pichog‘i bilan sobiq turmush o‘rtog‘ining ko‘krak qafasi chap tomon old yuzasiga ikki marotaba va bel sohasiga ikki marotaba urgan. Shu vaqtda to‘yda bo‘lgan boshqa sinfdoshlar uni tortib oladi va jinoyatni oxiriga yetkaza olmaydi. 

Olgan jarohatlari oqibatida ayol shifoxonaga yotqizilgan. 

Hozirda ushbu ish yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaroni Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan pichoqlash

Baholaganlar

446

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing