Namanganda erkak sobiq xotinini bozorda o‘ldirdi

Jamiyat

5e00d7e36fc11433175743

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahridagi “Sardoba” bozorida bo‘lib o‘tgan mudhish voqea videosi keng tarqalib ketdi. Videoda erkak ayolni shafqatsizlarcha pichoqlagani tasvirlangan. Namangan viloyati IIB mazkur holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, voqea joriy yilning 18 iyun kuni soat 13:00 larda yuz bergan. Namangan shahrida yashagan 1980 yilda tug‘ilgan S.O.ning bir muddat sha’riy nikohda yashagan sobiq turmush o‘rtog‘i A.I. ayolga yana birga yashashni taklif qilgan va rad javobini olgach, ikki o‘rtada ziddiyat yuzaga kelgan.

Shu kuni soat 19:00 larda A.I. spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holda S.O. sotuvchi bo‘lib ishlagan Namangan shahar “Sardoba” MFYda joylashgan “Sardoba” buyum bozoridagi “Matbuot do‘koni”ga kelgan. Ikki o‘rtada kelib chiqqan janjal oqibatida A.I. yonida bo‘lgan osh pichog‘i bilan S.O.ning orqa o‘ng ko‘krak qismiga bir marotaba urgan. Natijada S.O. voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat bo‘yicha Namangan shahar prokuraturasi tomonidan 2020 yil 18 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A. I. O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasiga asosan ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Namangan

Baholaganlar

1335

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing