Namanganda erkak kelinini pichoqlab o‘ldirdi

3-sahifa

image

Namangan viloyatida muqaddam sudlangan 64 yoshli erkak o‘zining 31 yoshli kelinini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda “Yangi Davr” dasturida ma’lum qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani Yangihayot mahallasida yashovchi fuqaro joriy yilning 7 sentyabr kuni taxminan soat 13:00da yashash xonadoniga kelib, mast holatda o‘zi bilan birga yashaydigan kelini bilan tortishib qolgan va unga oshxona pichog‘i bilan bir necha marotaba zarba bergan. Oqibatda 31 yoshli ayol olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etdi.

Ma’lumotga ko‘ra, ayolning 5 va 2 yoshli ikki nafar farzandi bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan 7 sentyabr Uchqo‘rg‘on tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik

Baholaganlar

974

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing