Namanganda erkak ayolning Malibu-2'sini yoqib yubordi

3-sahifa

image

Joriy yilning 13 noyabr kuni Namangan shahar Davlatobod tumanida Malibu-2 avtomobili yoqib yuborildi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 13 noyabr kuni soat 4:00 larda Namangan viloyati IIB 102 xizmatiga Davlatobod tumanida Malibu-2 avtomobilida yong‘in chiqqani haqida xabar tushgan. Mashina shu tumanda yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan ayolga tegishli bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan tezkor surishtiruv tadbirlari olib borilgan. Aniqlanishicha, joriy yilning mart oyidan beri ayol bilan tanish bo‘lgan fuqaro mast holatda uning mashinasini yoqib yuborgan. Erkak 13 noyabr kuni soat 3:00 larda o‘zi bilan hajmi 10 litr bo‘lgan yelim idishda benzin olib kelib, ayolga tegishli Malibu-2 rusumli avtomobilning haydovchi tomon oynasini tosh bilan sindirib, benzinni mashina saloniga sepib, yoqib yuborgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Davlatobod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

746

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing