Namanganda er xotini ketib qolgani uchun o‘zini osib qo‘ydi

3-sahifa

image

Namangan viloyatining Norin tumanida turmush o‘rtog‘i qizlik uyiga ketib qolgan fuqaro o‘zini osib qo‘ydi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Norin tuman IIB navbatchilik qismining joriy yilning 21 oktyabr kuni soat 18:00 larda bergan xabariga ko‘ra, shu kuni soat 17:30 larda Norin tumani, “Katta O‘lmas” MFYdagi xonadonda yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro S.X. turmush o‘rtog‘i qizlik xonadoniga ketib qolganidan keyin ruhiyatida sodir bo‘lgan salbiy o‘zgarish hamda oilaviy kelishmovchiliklar sababli, yashash xonadoni qo‘yxonasining to‘siniga arqondan sirtmoq yasab, o‘zini-o‘zi bo‘yin sohasidan osib, o‘z joniga qasd qilgan. Uning tanasida tan jarohatlari aniqlanmagan.

Tumanlararo sud-tibbiy ekspertiza bo‘limi tomonidan taqdim etilgan 93-sonli dastlabki ma’lumotnomada marhum S.X.ning o‘limi – bo‘yin a’zolarini sirtmoq bilan siqilishi natijasidagi mexanik asfiksiyadan kelib chiqqani, badanida boshqa tan jarohatlari aniqlanmagani ko‘rsatilgan.

Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan suitsid

Baholaganlar

544

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing