Namanganda “dom”dagi yong‘inda xonadon egasi va uning farzandi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Joriy yilning 18 dekabr Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanidagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan yogg‘in oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.

18 dekabr kuni soat 02:34da Uchqo‘rg‘on tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 101 qisqa raqamiga “Do‘stlik” MFYnig Do‘stlik ko‘chasi 106-uy 10-xonadonida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.

Ma’lumotga asosan soat 02:38da Uchqo‘rg‘on tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in qutqaruvchilari voqea joyga yetib borgan va soat 02:40da yong‘in joyi o‘rab olingan. Yong‘in soat 03:00da bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida yashash uyiniing ichki qismidan 40 kv.metr joyi va uy-ro‘zg‘or buyumlari hamda qo‘shnisini yashash uyini ichki qismidan 10 kv.metr va 12-xonadonning eshigi va uyga kirish yo‘lak devorlari yonib zararlangan.

Yong‘in o‘chirish vaqtida ikkinchi qavat yo‘lagidan 10-xonadon egasining kuygan holdagi jasadi va uyining yuvinish xonasidan esa tutunga dimiqib vafot etgan farzandining jasadi topilgan.

Yong‘in o‘chirish vaqtida 106-sonli ko‘p qavatli uyda yashovchi 6 nafar ayol, 6 nafar erkak va 4 nafar voyaga yetmagan o‘g‘il va qiz bolalar Uchqo‘rg‘on tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in qutqaruvchilari tomonidan xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.

Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tegrovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

122

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing