Namanganda bolalar zaharlanishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
3-sahifa
−
24 Sentabr 2023
7263Namangan viloyatida bolalar zaharlangani holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni Namangan viloyatida 71 nafar bolada zaharlanish alomatlari kuzatilgan va shifoxonaga olib kelingan. 22 sentyabrda esa Andijon viloyatida ham 12 nafar bolada zaharlanish aniqlangan. 23 sentyabr kuni Toshkent shahrida ham ko‘plab bolalar zaharlanib, shifoxonaga olib kelingan.
Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatining Chust tumanida bolalarning zaharlanishi holatidan xabar topib, bundan qattiq tashvishdaligini bildirgandi. Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonovaning ko‘rsatmasi bilan esa maktab va bog‘chalarga tarqatilgan yod preparati iste’moli to‘xtatildi.
LiveBarchasi