Namanganda birdaniga uchta uy yondi

Jamiyat

image

Kecha, 21 iyul kuni Namangan shahrida birdaniga uchta uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati Matbuot xizmati xabar berdi.

Yong‘in Namangan shahrining “O‘rta Rovuston” MFYdagi 22,27 va 28-uylarda yuz bergan. Yong‘inni bartaraf etishga 6 ta yong‘in o‘chirish avtoekipajlari jalb etilgan.

Yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan. Yong‘in oqibatida 27-uyning 100 kv m maydonda tomi, shifti va uy-jihozlari, 28-uyning 40 kv m maydonda tomi va shifti hamda 22-uyning 6 kv m maydonda tomi yonib zararlangan.

Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘indan uylarning 300 kv m maydoni saqlab qolingan. Yong‘inni qisqa vaqtda tarqalishiga uylarni qurishda yong‘inga qarshi oraliq masofalar inobatga olinmagan yoki yong‘inga qarshi devorlar qurilmaganligi sabab bo‘lgan.

Hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Namangan

Baholaganlar

37

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing