Namanganda ayol bolasini o‘lasi qilib kaltakladi (video)
3-sahifa
−
06 noyabr 2023
13899Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayol 9-10 yoshdagi bolani ayovsiz kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar Ombudsmani) rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 4 noyabr kuni Yangi Namangan tumani “Yoshlik” MFYda yashovchi fuqaro K.X. yashash xonadonida o‘zining 10 yoshli farzandi S.M.ni qattiq kaltaklagan.
Ushbu holat internet tarmoqlarida tarqalib, jamoatchilik e’tirozlariga sabab bo‘lgach, Namangan shahar IIO FMB Yangi Namangan tumani IIB tezkor tergov guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.
“Ushbu holat Bolalar Ombudsmani tomonidan nazoratga olingan, shuningdek, tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, voyaga yetmagan M.S.ning olgan tan jarohati yuzasidan tegishli tartibda sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, hozirda Namangan shahar IIO FMB TB tomonidan fuqaro K.X.ning harakatlariga huquqiy baho berilishi yuzasidan tegishli tartibda tergov surushtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 18 iyul kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani “Ibrat” mahallasida joylashgan nodavlat oilaviy bog‘chalardan birida 5-6 yoshli bolalar tarbiyachi tomonidan ayovsiz kaltaklangan edi.
LiveBarchasi