Namanganda arxeologik yodgorlik buzilib, o‘rniga uy qurib yuborilgani aniqlandi

Jamiyat

image

Namangan viloyatida o‘rta asrlarga oid “O‘rdatepa” arxeologik yodgorligi buzib tashlanib, o‘rniga o‘zboshimchalik bilan uy-joy qurilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yangiqo‘rg‘on tumani Navkent mahallasida joylashgan “O‘rdatepa” arxeologik yodgorligining 0,03 gektar qismi fuqaro J.U. tomonidan hamda 0,02 gektar qismi fuqaro A.Yu. tomonidan maxsus texnika yordamida buzib tashlanib, o‘rniga o‘zboshimchalik bilan uy-joy qurilgan.

Oqibatda tarixiy yodgorlikka qariyb 72 milliard so‘mlik jiddiy zarar yetkazilgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, tekshirish natijasiga ko‘ra, jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

107

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing