Namanganda aliment to‘lashdan qochib yurgan erkak tungi klubdan topildi

3-sahifa

image

Namanganda  uch nafar farzandiga aliment to‘lamay yurgani uchun qidiruvda bo‘lgan erkak tungi klubdan topildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosining axborot xizmati rahbari Farrux Toshpulatov xabar berdi.

Unga ko‘ra, qarzdor ota sud qarorida ko‘rsatilgan majburiyatni, ya’ni  2021 yilning martidan 2024 yilning yanvar oyiga qadar 50 mln so‘mdan oshib ketgan aliment pulini to‘lashdan bo‘yin tovlab, yashirinib yurgan. 

Shu bois unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan bo‘lib, kecha, 15 yanvar kuni ichki ishlar organlari xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirida D.I. tungi klubdan topilgan. 

"Unga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanilib, 15 sutkalik qamoq jazosi tayinlandi", deyiladi bu haqdagi xabarda.

Ma’lumot uchun, Byuroning Namangan viloyat boshqarmasi qidiruv shu’basi tomonidan 2023 yilning o‘zida jami 207 nafar qidiruvdagi shaxslar topilib, 478 million so‘m miqdoridagi qarzdorlik undirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan tungi klub

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing