Namanganda 828 mln so‘mlik noqonuniy dori saqlagan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
18 Sentabr
2170Namangan viloyatida keyinchalik sotish uchun litsenziyasiz dori vositalarini saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “M-s.” MCHJ rahbari B.E. tegishli tartibda ruxsatnoma (litsenziya) olmasdan, Namangan shahridagi “Lola” MFY hududidagi omborxonada O‘zbekiston Respublikasi hududida saqlash, sotish, tashish va tibbiyot amaliyotida qo‘llash taqiqlangan, davlat reyestrida qayd etilmagan umumiy bahosi 828,1 mln so‘m bo‘lgan 659 turdagi jami 220 308 dona dori vositalari va tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari va tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib, “Namangan dori-darmon” AJga qarashli maxsus omborga saqlash uchun topshirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Urganch shahrida 2,9 mlrd so‘mlik noqonuniy dori vositalari aniqlangan edi.
LiveBarchasi