Namanganda 80 mln rublni chegaradan o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
15 yanvar
4812Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda juda ko‘p miqdordagi xorijiy valyutalarni noqonuniy ravishda Qirg‘izistonga o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda DXX ma’lum qildi.
Bildirilishicha, Qirg‘iz Respublikasining Jalolobod viloyati Ola-buqa tumani bilan chegaradosh bo‘lgan Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tuvchi “o‘zbek-qirg‘iz” davlat chegarasi tomon harakatlanayotgan, Namangan shahrida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, uning salonida 3 dona polietilen qoplarga joylashtirilgan jami 79 mln 994 ming 900 Rossiya rubli borligi ma’lum bo‘lgan.
Aniqlanishicha, ushbu shaxs pullarni chegaradan o‘tkazib berishi evaziga 300 AQSH dollari so‘ragan.
Holat yuzasidan mazkur fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Eslatb o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondan Qirg‘izistonga 16 ming AQSH dollari olib o‘tayotgan rossiyalik qo‘lga olingan edi.
LiveBarchasi