Namanganda 6 yoshli bola “Jiguli” urib yuborishi oqibatida vafot etdi
Jamiyat
−
28 aprel 2021
3313Namangan shahrida 6 yoshli bola “Jiguli” urib yuborishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 25 aprel kuni soat 15:30 larda Namangan shahar “Olvalizor” MFY Marg‘ilon ko‘chasida VAZ-2106 rusumli avtomobilni boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lga birdaniga yugurib chiqib yuborgan 2015 yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan.
Oqibatda 6 yoshli piyoda olgan tan jaroxati oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Namanganda Damas urib yuborgan 8 yoshli bola vafot etgandi.
LiveBarchasi