Namanganda 4 yashar bolani avtomobil urib ketdi
Jamiyat
−
16 Oktabr 2020 6111 1 daqiqa
Namanganda 26 yoshar haydovchi 4 yashar bolani avtomobilida urib ketdi. Baxtli tasodif sabab bola omon qoldi, biroq og‘ir jarohatlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Voqea joriy yilning 28 sentyabr kuni soat 19:30 larda, "Namangan-Mingbuloq" yo‘lining 1-kilometrida sodir bo‘lgan.
Namangan tumani "Ravnaq" MFY hududida, Norin tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro "Kobalt" rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Namangan tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, 2016 yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan.
Natijada, piyoda bosh miya og‘ir ochiq shikasti tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan 8 oktyabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025