Namanganda 4 ta uyda yong‘in yuz berdi
Jamiyat
−
20 noyabr 2021 5557 1 daqiqa
Bugun, 20 noyabr kuni Namangan shahrida bir-biriga tutash qurilgan 4 ta uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV ma’lum qildi.
Hodisa bugun soat 07:10 da shahardagi “Istiqbol” MFYda yuz bergan. Buning oqibatida ushbu manzil hududida joylashgan bir-biriga tutashgan uylar zarar ko‘rgan.
Vazirlik xabariga ko‘ra, FVBning 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 07:16 da voqea joyiga shahar yetib borgan, yong‘in soat 07:21 da qurshab olinib, soat 07:58 da to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘indan 4 ta uyning taxminan 300 kv.m. maydonda tom, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.
Yong‘in oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Live
Barchasi