Namanganda “Jiguli” urib yuborgan 3-sinf o‘quvchisi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
14 Sentabr 2021
6220Namanganda “VAZ-21011” (Jiguli) rusumli avtomobil 3-sinf o‘quvchisini urib yubordi. O‘quvchi olingan tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 13 sentyabr kuni soat 18:40 atrofida 4R117 Kelajak tonggi mahallasi Chortoq ko‘chasida harakatlanib kelayotgan “VAZ-21011” (Jiguli) rusumli avtomobil haydovchisi harakat xavfsizligini ta’minlay olmagan. Buning oqibatida yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 63-sonli maktabning 3-sinf o‘quvchisini urib yuborgan.
Ma’lum qilinishicha, o‘quvchi ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramay bosh miya chayqalishi, bosh miya yopiq sinishi va o‘ng oyoq boldir suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan tuman shifoxonasida vafot etgan.
Hozirda mazkur YTH yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr