Namanganda 26 yoshli fuqaro daryoga cho‘kib ketdi

Jamiyat

image

Kecha, 15 sentyabr kuni Namangan viloyatining Pop tumanida 26 yoshli fuqaro daryoga cho‘kib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 15:30larda Pop tumani “Uyg‘ur” mahalla fuqarolar yig‘inida yashagan, 1995 yilda tug‘ilgan A.D. ismli fuqaro ehtiyotsizligi oqibati tumanning “Mirzaorol” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosiga tushib, cho‘kib ketgan. Bu to‘g‘risidagi ma’lumot viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga 16:00 larda xabar kelib tushgan.

Zudlik bilan voqea joyiga viloyat FVB Qutqaruv otryadining suvda qidiruv-qutqaruv guruxi hamda Pop tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruv guruxi etib borib, dastlabki suv osti va suv usti qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilgan.

Hozirda ham Qutqaruv otryadining suvda qidiruv-qutqaruv guruxi va Pop tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruv guruxidan 20 nafar hamda ko‘ngillilar tomonidan joyiga chiqqan xolda suv osti va suv ustida qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan daryo

Baholaganlar

125

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing