Namanganda 25 yoshli yigit qarindoshini urib o‘ldirib qo‘ydi

3-sahifa

image

Namangan viloyati Chortoq tumanida 25 yoshli yigit 36 yoshli qarindoshini o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 14 fevral kuni soat taxminan 21:00 larda Chortoq tumanidagi tamaddixonalardan birida sodir bo‘lgan. 25 yoshli yigit qarindoshi bilan tortishib qolgan va jahl ustida uning jag‘iga bir marta musht tushirgan. Shundan so‘ng jabrlanuvchi tuman markaziy shifoxonasiga olib kelingan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramay u shifoxonada vafot etgan. Sud tibbiy ekspertizasi ma’lumotiga ko‘ra, marhum o‘tkir yurak qon tomiri va nafas yetishmovchiligi, miya va o‘pka shishishi oqibatida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Chortoq tumani ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaroga nisabatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan va qamoqqa olish chorasi ko‘rilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing