Namanganda 25 bolani tashigan haydovchi ushlandi (video)

3-sahifa

image

Namangan tumanida Damas rusumli avtomobil haydovchisi yo‘lovchi tashish qoidalariga zid ravishda 25 nafar bog‘cha bolasini olib harakatlangani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Namangan tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan reyd o‘tkazilayotgan vaqtda harakatlanib ketayotgan Damas haydovchisi to‘xtatilgan.

Haydovchining aytishicha, u har kuni bu bolalarni bog‘chadan olib keladi. Bugun esa bolalar ortib ketgani sabab mashinaga ko‘proq bolalarni olishga majbur bo‘lgan.

“Inspektor tomonidan haydovchiga tushuntirish ishlari olib borilib, unga nisbatan tegishli bayonnoma rasmiylashtirilgan”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, qoida bo‘yicha 12 yoshga to‘lmagan bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o‘rnatilmagan transport vositasining old o‘rindig‘ida tashish taqiqlanadi. Shuningdek, tashilayotgan yo‘lovchilar soni transport vositasining texnik tavsifnomasida ko‘zda tutilgan miqdordan ortiq bo‘lmasligi kerak.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasiga ko‘ra, haydovchilarning odam tashish qoidalarini buzishi – bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing