Namanganda 2 ta Damas to‘qnashuvi oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Joriy yilning 18 fevral kuni Namangan viloyatida 2 ta Damas to‘qnashuvi oqibatida 1 nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 10:00 larda Norin tumani “Xo‘jaqo‘rg‘oncha” MFY hududidan o‘tgan D-115 avtomobil yo‘lining 10-kilometrida Damas rusumli avtomobilni boshqarib ketayotgan haydovchi Norin-Cho‘ja yo‘nalishida belgilangan tezlikni oshirib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan va o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan boshqa bir Damas bilan to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida to‘qnashuv kelib chiqishiga sabab bo‘lgan Damas avtomashinasining old o‘rindig‘ida bo‘lgan 1 nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohati bilan shifoxonada vafot etgan. Har ikkala haydovchilar va yana 2 nafar yo‘lovchi esa turli darajadagi tan jarohatlari bilan tuman Tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan.

Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan Norin tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Barcha haydovchilardan yo‘l qoidalariga qat’iy amal qilish, harakat vaqtida tezlikni oshirmay, o‘zlari va o‘zgalar hayotini xatarga qo‘ymaslik so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor tumanida velosipedchi HOWO rusumli yuk mashinasi urib ketishi oqibatida vafot etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan Damas avtohalokat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing