Namanganda 17 yoshli qiz ko‘chada er qidirib yurganiga izoh berildi (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bir qiz “Er kerak” yozuvli e’lonni qo‘lida ko‘targan holda shahar ko‘chalarida kezib yurgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Oila va xotin qizlar boshqarmasi munosabat bildirdi. 

Aniqlanishicha, videoda Namangan viloyati Davlatobod tumani “Navbahor” mahallasida yashovchi, 2007 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan D.R.ning  xatti-harakatlari aks etgan. Videolavha Yangi Namangan tumanidagi go‘zallik saloni xodimlari tomonidan salon mijozlari va kanalidagi obunachilarining sonini ko‘paytirish maqsadida olingan. 

Holat yuzasidan mas’ul idoralar vakillari  tomonidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ushbu videolavha bilan bog‘liq holatlar jamiyatda o‘rnatilgan qoidalarni mensimaslik, qolaversa, turli maqsadlar yo‘lida voyaga yetmagan shaxsdan foydalanish, odamlarning fikrini manipulyatsiya qilish, chalg‘itish sifatida  jamoatchilikning o‘rinli e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi har bir shaxs jamiyatdagi ma’rifiy qoidalarni hurmat qilishi zarur, deb hisoblaydi”, deyiladi munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda avval ham shunga o‘xshash voqealar yuz berdi. Masalan, "Mashatilly" taxallusi bilan tanilgan O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning nabirasi Maryam Tillyayeva o‘ziga turmush o‘rtoq kerakligi haqidagi videoni Instagram sahifasiga joylagandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Oila va xotin qizlar boshqarmasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar