Namanganda hokim yordamchisi tuman hokimi bo‘ldi
O‘zbekiston
−
14 Fevral 2024 8807 1 daqiqa
Bugun, 14 fevral kuni Muhammad Haydarov Abduhakimovich Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Bildirilishicha, Uchqo‘rg‘on tumanida bugun xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Sessiyada Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov qatnashdi. Uning Uchqo‘rg‘on tumani hokimi Jahongir Rizayevni Uchqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimidan ozod etish haqidagi qarori deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullangan.
Shundan so‘ng, ushbu lavozimga Muhammad Haydarov Abduhakimovichni tayinlash masalasi ko‘rib chiqilgan. Ushbu qaror ham ma’qullandi.
Ma’lumot uchun, Muhammad Haydarov hozirga qadar Namangan tumanidagi "Olaxamak" MFYda hokim yordamchisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati Oltinko‘l tumaniga ham yangi hokim kelgandi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr