Namanganda hokim XX asrga oid madaniy meros ob’ektini sotib yuborgani aniqlandi

Jamiyat

image

Namangan viloyati Chust tumani hokimi XX asrga oid madaniy meros ob’ektini auksion orqali sotib yuborgan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, madaniy meros yodgorligi hisoblangan Chust tumanining “Yangi hayot” mahallasida joylashgan XX asr boshiga mansub “Abdumalik” masjidi 2018 yilda tuman hokimining qarori bilan “hashar yo‘li bilan qurilgan, hozirda qarovsiz qolgan, egasi aniqlanmagan bino” degan asossiz vaj bilan Madaniy meros inspeksiyasi balansidan hokimiyat balansiga o‘tkazilgan.

So‘ng, tuman hokimligining tashabbusi bilan ushbu masjid binosi auksion savdolari orqali fuqaro T.A.ga 61 mln. so‘mga sotib yuborilgan.

Tuman hokimining 2019 yil 30 apreldagi qarori bilan ushbu madaniy meros ob’ektini qayta qurishga noqonuniy ravishda ruxsat berilgan. Oqibatda, fuqaro T.A. tomonidan “Abdumalik masjidi”ning 61,1 kv.metr shift qismining qaytadan ta’mirlanib, tusi o‘zgartirilganligi natijasida unga 806,5 mln so‘m jiddiy zarar yetkazilgan.

Tekshirish natijasiga ko‘ra, Chust tuman hokimligi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

350

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing