Namanganda Hajga yuborish uchun 13,5 ming dollar talab qilgan erkak qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
14 may 3991 1 daqiqa
Namangan shahrida 2 kishini Haj safariga yuborishini aytib, 13 ming 500 dollar talab qilgan fuqaro qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Namangan shahrida yashovchi fuqaro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda boshqa bir shaxs uning ota-onasini Haj safariga yuborishni va’da qilganini va buning evaziga har bir kishi uchun 6 500 AQSH dollaridan jami 13 ming 500 AQSH dollari miqdorida pul talab qilganini bayon etgan va fuqaro ushbu shaxsning harakatlari qonuniyligini o‘rganishni so‘ragan.
Mazkur murojaat yuzasidan tezkor tadbir tashkil etilgan. Tadbir davomida arizada ko‘rsatilgan shaxs 6 500 AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘larini olgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida odamlarni noqonuniy yo‘l bilan Haj safariga yuborish uchun 26 ming dollar talab qilib, shundan 20 ming dollarini olganlar qo‘lga tushgandi.
Live
Barchasi