Namangan viloyati prokurori lavozimidan ozod qilindi
Jamiyat
−
04 mart 2019 10312 1 daqiqa
Namangan viloyati prokurori Ulug‘bek Toshev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ulug‘bek Toshev qonuniylik, huquqbuzarliklar erta profilaktikasini ta’minlash, kadrlar tarbiyasida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun Namangan viloyati prokurori lavozimidan ozod etildi.
Shu bilan birga, Ulug‘bek Toshevning o‘zi ham ishdan ozod etishlarini so‘rab ariza yozgan.
Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Toshev Namangan viloyati prokurori etib tayinlanishidan avval Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani prokurori, Toshkent shahar prokuraturasida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, 28 fevral – 1 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishish, yangi loyihalarni belgilash maqsadida Namangan viloyatiga safar qilgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025