Namangan viloyati FVBga yangi boshliq tayinlandi
Jamiyat
−
15 oktabr 2023 11053 1 daqiqa
Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 14 oktyabr O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Bunyod Egamnazarov Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
“Shu munosabat bilan vazirlik rahbariyati Bunyod Egamnazarovga kelgusidagi xizmat faoliyatlarida ulkan muvoffaqiyatlar tilab qoladi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Egamnazarov mazkur tayinlovga qadar Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust