Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Vazirlar Mahkamasiga “ko‘tarildi”
Jamiyat
−
16 Oktabr 2020
9108Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Tohirjon Rapiqov Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimlgi Matbuot xizmati xabar berdi.
Tohirjon Rapiqov Vazirlar Mahkamasida agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatini boshqaradi.
Tohirjon Rapiqov 1974 yilda Chust tumanida tug‘ilgan. 1996 yilda Namangan sanoat-texnologiya institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1996 yilda Chust tumani agroxizmat uyushmasi mutaxassisligidan boshlagan. 1997—2000 yillarda tuman qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi yetakchi va bosh mutaxassisi, 2000—2005 yillarda statistika bo‘limi bosh mutaxassisi va boshlig‘i, 2005—2007 yillarda tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
2007—2009 yillarda Namangan viloyati hokimligining axborot-tahlil guruhi rahbari, 2009—2016 yillarda Yangiqo‘rg‘on tumani, 2016—2019 yillarda esa Mingbuloq tumani hokimi bo‘lgan.
Tohirjon Rapiqov 2019 yildan hozirgacha Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgandi.
LiveBarchasi