Namangan va Jizzaxda ikki mansabdor pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
14 may 2023 13893 1 daqiqa
Namangan va Jizzax viloyatida mansabdor shaxslar pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Namangan viloyati tumanlaridan birining fermerlar kengashi raisi tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga tumandagi mashina traktor parkining 30 sotix yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 50 ming AQSH dollari talab qilgan.
DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor shaxs so‘ralgan pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Jizzax viloyatidagi tumanlardan birining arxitektura va qurilish bo‘limi boshlig‘i tanlov g‘olibi deb topilgan xususiy korxonaga do‘kon qurishi uchun ajratilgan 56 kv.m yer maydonida tegishli ishlarni amalga oshirishda zarur bo‘ladigan hujjatlarni tayyorlashda yordam berishni va’da qilgan. Evaziga esa u korxona rahbaridan 3 ming AQSH dollari talab qilgan.
Mansabdor so‘ralgan puldan 2 ming AQSH dollarini olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Hozirda har ikki holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28