Namangan va Jizzaxda 24 ming dollarga yer olib berishni va’da qilganlar ushlandi
3-sahifa
−
09 noyabr 2021
3669Jizzax va Namangan viloyatlarida yer maydonini olib berishni va’da qilib jami 11 000 AQSH dollari hamda 43 million so‘m olgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Jizzax viloyatida T.D. ismli shaxs fuqaro N.ga mehmonxona va umumiy ovqatlanish shoxobchasi qurish uchun Oqdaryo tumani hududidan 3 gektar yer maydonini tanishlari ko‘magida auksion savdosi orqali olib berishni va’da qilgan. Buning evaziga u N.dan 6 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, Departamentning Kosonsoy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro A.Q. fuqaro Q.ga 1 gektar yer maydonini 18 000 AQSH dollariga tanishlari orqali rasmiylashtirib olib berishga kelishgan. A.Q. fuqaro Q.dan talab qilgan pulidan 5 000 AQSH dollari va 43 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi