Namangan shahriga yangi hokim, viloyatga “zam”lar tayinlandi
Jamiyat
−
18 dekabr 2023
7443Bugun, 18 dekabr kuni xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan viloyat hokimiga ikki nafar o‘rinbosar va Namangan shahriga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi xabar berdi.
Sessiyada deputatlar Namangan shahrining sobiq hokimi G‘ofur Jamolovni boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod qilish hamda Anvar Otaxo‘jayevni Namangan shahar hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarorlarini bir ovozdan tasdiqladi.
G‘ofur Jamolov esa Namangan viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, tadbirda J.Hatamovni Namangan viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani ma’lum qilindi.
Ma’lumot uchun, Anvar Otaxo‘jayev 1972 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. Mazkur tayinlov Namangan viloyati hokimining 2023 yil 18 dekabrdagi qarori bilan amalga oshirildi.
LiveBarchasi