Namangan shahar hokimi o‘rinbosari viloyat SSBga rahbar bo‘ldi

Jamiyat 3277
image

O‘zbekiston Respublikasi Cog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Abdilxodi Muxiddinovich Iminov Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

Abdilxodi Iminov tayinlovga qadar Namangan shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan . 
 
Ma’lum qilinishicha. 49 yoshli shifokor Abdilxodi Iminov  o‘z faoliyati davomida Namangan shahar 1-conli oilaviy poliklinikasi bosh vrach o‘rinbosari, Namangan shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bosh vrachi,  viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ham faoliyat ko‘rsatgan.

Umidjon Nozimjonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 84
Reyting: 3
Teglar
t
×