Namangan: “Odnoklassniki” orqali terrorchilar ta’siriga tushib qolgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Namangan viloyatida “Odnoklassniki” sayti orqali terrorchilar ta’siriga tushib qolib, ularning materiallarini tarqatgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha,  Namangan viloyatida yashovchi 24 yoshli fuqaro I.A. “Imom al-Buxoriy katibasi” nomli xalqaro terrorchilik guruhi faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi g‘oyalar qayd etilgan videomateriallarni tarmoqdagi o‘z sahifasiga joylashtirgan.

Ushbu fuqaro tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan hamda holat yuzasidan Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2441-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar! Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda terrorchilik va ekstremistik tashkilotlarning targ‘ibotchilari aldovlariga ishonmang. Diniy mazmundagi savollariningiz, o‘zingizni qiziqtirgan mavzularingiz yuzasidan mamlakatimizdagi “UZ” domenidagi rasmiy veb-saytlardan foydalanishni yoki diniy sohada ilmli, malakali mutaxassislar, imom-xatiblar, islomshunos olimlarga murojaat qilishni tavsiya qilamiz”, deyiladi xabarda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

254

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing