Namangan gullar shahrimi yo...

Jamiyat

image

Namanganlik Dilmurod Oxunmirzayev tushirgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda katta bahs-munozaraga sabab bo‘lmoqda. 

Suratda Namangan shahri Boburshoh ko‘chasi tasvirlangan. Unda avtomobil yo‘li chetidagi axlat uyumlarini ko‘rish mumkin. Fuqaro bu suratlarni “Tug‘ilayotgan go‘daklar axlatdan nafas olyapti yoxud namangandagi tartibga keltirilmagan axlat ko‘chalar”, deb nomlagan. 

Ma’lum qilinishicha, shu ko‘cha chetida tug‘ruqxona joylashgan. Oxunmirzayev Namanganda bunday ko‘chalarni hali ko‘p keltirish mumkinligini aytadi. 

“Shahar Obodonlashtirish boshqarmasi qayoqqa qarayapti, nahotki usti yopiladigan konteyner qo‘yish shunchalik qiyin? Uyalish kerak emasmi, aholidan axlat uchun pul olishadi-ku?!”, deb yozadi Oxunmirzayev. 

Ushbu ko‘cha atrofida davlat va jamoat tashkilotlari bilan bir qatorda turar joy binolari ham joylashgan. Fuqaro o‘z murojaatida ushbu uylarda yashayotganlarni ham nishonga olgan. 

“Tanganing narigi tomonini qarasak, aholining ayrim qatlamlari saviyasiz, madaniyatsiz! Tug‘ruqxona atrofiga ham axlat olib chiqib to‘kiladimi? Kundan kunga turistlar oqimi ko‘paymoqda. Bunday ahvolni ko‘rib kulishmaydimi?”, deydi fuqaro. 

Qiziq, bu murojaatdan keyin Namangan shahra Boburshoh ko‘chasida biror narsa o‘zgararmikin?
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

80

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing