Nadiya Dusanovadan navbatdagi g‘alaba
Sport
−
06 iyun 2019 5873 1 daqiqa
Ayni kunlarda Xitoyning Szyan Szin va Szyulunpo shaharlarida yengil atletika bo‘yicha Osiyo Gran-pri turniri bo‘lib o‘tmoqda. Kecha musobaqaning birinchi bosqich bellashuvlari yakunlandi.
E’tiborlisi, ushbu musobaqada ishtirok etayotgan 3 o‘zbekistonlikdan 2 nafari bosqichni medal bilan yakunlashdi. Balandlikka sakrash bahsida Nadiya Dusanova 1.89 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Ruslan Qurbonov uch hatlab sektorida shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarildi. 100 metrga yugurish bellashuvida esa Nigina Sharipova to‘rtinchi natijani qayd etgan.
Reglamentga ko‘ra 7 iyun kuni Gran-prining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Batafsil:
Balandlikka sakrash, ayollar
1. Nadiya Dusanova – 1.89 metr
2. Nadejda Dubovitskaya (Qozog‘iston) – 1.86
3. Van Suyeyi (Xitoy) – 1.83
Uch hatlab sakrash, erkaklar
1. Fan Yaotsin (Xitoy) – 17.17 metr
2. Su Chialon (Xitoy) – 16.72
3. Ruslan Qurbonov – 16.33
100 metr, ayollar.
1. Olga Safronova (Qozog‘iston) – 11.54 sekund
2. Kristina Knott (Filippin) – 11.62
3. Le Tu Chinx (Vetnam) – 11.71
4. Nigina Sharipova – 11.79
Live
BarchasiPrezident Xalq qabulxonalari faoliyatini yanada kuchaytirish chora-tadbirlarini belgilab berdi
15:31
Qarshi shahridagi murojaatlarning 146 tasi oylik maoshlar kechikayotgani bilan bog‘liq ekani aytildi
15:02