“Navbahor” sobiq murabbiyiga 1,6 million dollar to‘laydi

Sport

image

O‘zbekistonlik mashhur futbol mutaxassisi, 2022 yilgi jahon chempionatining menejeri Alisher Nikimbayev Namanganning “Navbahor” klubi sobiq murabbiyi Andrey Kanchelskisning da’vosi bo‘yicha ma’lumot berdi.

“FIFA futbolchilar maqomi qo‘mitasi hakami Yoxan van Galen “Navbahor” sobiq ustozi Andrey Kanchelskisning “lochinlar”ga qarshi ishi bo‘yicha hukm chiqardi. Afsuski, qaror murabbiy foydasiga bo‘ldi. Qabul qilingan da’volar foizlar bilan qo‘shib hisoblaganda 1,6 million dollardan oshgan. “Navbahor” bu summani 30 kun ichida to‘lashi kerak”, deya ma’lum qildi Alisher Nikimbayev.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning noyabr oyida rossiyalik mutaxassis “Navbahor” klub rahbariyati tomonidan iste’foga chiqarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Superliga Navbahor O'zPFL Andrey Kanchel'skis

Baholaganlar

84

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing