Nahotki! YeCHLga takroran qur’a tashlanadi
Sport
−
13 dekabr 2021
12192UEFA tashkiloti Chempionlar ligasi 1/8 finaliga qur’a tashlash marosimida yo‘l qo‘yilgan xatoliklar sabab takroran o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Gap shundaki, turnirning guruh bosqichida Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi Ispaniyaning “Vilyarreal”iga qarshi bahs olib borgan edi. Qur’ada ishtirok etgan rossiyalik sobiq futbolchi Andrey Arshavin savatchadagi sharni ochganida MYUning raqibi sifatida yana “Vilyarreal” “chiqdi”. Qoidaga ko‘ra bir guruhdan keyingi bosqichga chiqqan jamoalar 1/8 finalda bir-biriga qarshi o‘ynay olmaydi. Shu sabab boshqa sharcha tanlandi.
Shundan so‘ng, “Vilyarreal”ning raqibi sifatida “Manchester Siti” to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, Ronaldu boshchiligidagi “Manchester Yunayted” Messi to‘p tepayotgan PSJga ro‘baro‘ keldi. Asosiy muammo shundaki, MYUning ehtimoliy raqiblari qatorida yo‘q edi. Bunga ispaniyaliklar norozilik bildirishdi va UEFA buni ma’qulladi.
Ma’lumot uchun, takroriy marosim bugun, Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi
20 mart
Temu O‘zbekistonda bloklandi.
20 mart