Nahotki uni ketkazishadi? Tramp impichmentni to‘ntarish deb atadi

Olam

image

Kecha, 1 oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Kongressdagi Prezidentga impichment jarayonini to‘ntarish deb atadi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

"Men kundan-kunga ko‘proq o‘rganib borar ekanman, sodir bo‘layotgan narsa impichment emas, balki hokimiyatni odamlardan tortib olishga qaratilgan ovozlar, ularning ovozlari, erkinliklari, ikkinchi tuzatishlar degan xulosaga kelaman. Konstitutsiya, din, harbiy kuch, Meksika bilan chegaradosh devor Amerika Qo‘shma Shtatlari fuqarolarining Xudo tomonidan berilgan huquqlari", deb yozdi Tramp o‘zining Twitter`dagi sahifasida.

So‘nggi kunlarda Qo‘shma Shtatlarda Trampning Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbati atrofida katta janjal kelib chiqdi, natijada Amerika rahbariga qarshi impichment protsessi boshlandi. AQSH Prezidentining siyosiy muxoliflariga ko‘ra, Tramp qo‘ng‘iroq paytida Zelenskiyni

Kiyevga moliyaviy va harbiy yordam evaziga Ukrainada AQSHning sobiq vitse-Prezidenti Jozef Baydenning o‘g‘li faoliyati bo‘yicha tergov boshlashga ishontirishga uringan. Demokrat Bayden kelgusi 2020 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Prezidentlik saylovlarida Trampning eng katta raqibi sanaladi.

Demokratlarning fikriga ko‘ra, Tramp Zelenskiyga bosim o‘tkazib, aslida ikkinchi muddatga qayta saylanish uchun Kiyevning yordamidan foydalanishga harakat qilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Tramp impechment to'ntarish

Baholaganlar

114

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing