Nyu-Yorkning yangi meri ilk bor Qur’on bilan qasamyod qildi (video)

Olam

image
U kim? Hind, musulmon, afrikalik va reper Zohran Mamdani north_east

U kim? Hind, musulmon, afrikalik va reper Zohran Mamdani

Bugun, 1 yanvarga o‘tar kechasi Zohran Mamdani Qur’onga qo‘l qo‘ygan holda ochiq tarzda qasamyod keltirgach, rasman Nyu-York meri lavozimiga kirishdi. Bu haqda “New York Times” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, yarim tunda bo‘lib o‘tgan qasamyod marosimida Zohran Mamdani islomning muqaddas kitobi – Qur’onga qo‘l qo‘ygan. Shu tariqa u Nyu-York tarixida buni amalga oshirgan ilk merga aylandi.

“Qur’on nusxalaridan biri Mamdanining bobosiga tegishli bo‘lgan. Yana bir nusxa esa yozuvchi va tarixchi Arturo Shomburniki bo‘lgan. Ushbu Qur’on Nyu-York jamoat kutubxonasi tomonidan merga taqdim etildi”, deyiladi xabarda.

Keyingi ochiq marosim uchun u bobosining Qur’oni va buvisining Qur’onidan foydalanishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil noyabr oyida Nyu-York meri saylovlarida 34 yoshli demokratik sotsialist, shtat qonunchilik majlisi a’zosi Zohran Mamdani kutilmagan tarzda g‘alaba qozondi. U saylovchilariga bepul va tezkor avtobuslar joriy etish, munitsipal oziq-ovqat do‘konlari tarmog‘ini yaratish, umumiy maktabgacha ta’limni yo‘lga qo‘yish hamda ijara haqi tartibga solingan kvartiralarda yashovchi qariyb 2 million shahar aholisi uchun ijara to‘lovlarini muzlatib qo‘yishni va’da qilgan. Mamdani Nyu-York tarixida musulmon bo‘lgan va kelib chiqishi janubiy osiyolik ilk siyosatchi sifatida mer lavozimini egalladi.

Mamlakat Prezidenti Donald Tramp Zohran Mamdanini “kommunistik jinni” va “vaqti kelib yuz beradigan falokat” deb atagan. Mamdanining o‘zi esa shahar manfaatlari yo‘lida Tramp bilan hamkorlik qilishga urinishi, biroq o‘zini qo‘rqitishga yo‘l qo‘ymasligini bildirgan.

Keyinroq Zohran Mamdani Oq uyning Oval kabinetida Donald Tramp bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Tramp bir necha bor Mamdanining qo‘lini do‘stona ushlab, uni yelkasidan qoqib turgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing