Nyu-Yorkdagi “Turk uyi”ga hujum uyushtirildi

Olam

image

Bugun, 22 may kuni Nyu-Yorkdagi Manhetten hududida Turkiya Bosh konsulligi joylashgan “Turk uyi” binosiga hujum uyushtirildi. U yerda Turkiya prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida ovoz berish jarayoni o‘tayotgan bo‘lgan. Bu haqda Turkiyaning TGRT telekanali xabar berdi. 

Ta’kidlanishicha, binoning o‘ndan ortiq oynalari sindirilgan. Hujum “terrorchilar tarafdorlari” tomonidan amalga oshirilgani aytilmoqda.

“A Haber” telekanali xabariga ko‘ra, kamida bir kishi mahalliy vaqt bilan soat 03:14 (Toshkent vaqti bilan 12:14) atrofida binoga hujum qilgan. U oynani lom yoki armatura bo‘lagi bilan sindirgan. Turkiya tomoni Nyu-York politsiyasi bilan bog‘langan. Bino atrofi o‘rab olingan va tergov ishlari boshlangan.

Ma’lumot uchun, "Turk uyi" – balandligi 171 m bo‘lgan 36 qavatli osmono‘par bino. U Manhettenda BMT shtab-kvartirasi ro‘parasida joylashgan. Bino 2021 yilda foydalanishga topshirilgan. U Turkiya buyurtmasi bilan qurilgan, loyiha Perkins Eastman xalqaro arxitektura byurosi tomonidan ishlab chiqilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya N'yu-York prezidentlik saylovi Turk uyi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing