Nyu-Yorkdagi Times maydonida ilk bor taroveh namozi o‘qildi

Olam

image

Joriy yilning 2 aprel kuni Nyu-Yorkda yig‘ilgan mingdan ortiq musulmon Ramazon oyining boshlanishini nishonlash uchun mashhur Times maydonida ilk bor taroveh namozini o‘qidi. Tadbir ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilindi.

Shuningdek, Ramazonning birinchi iftorligi uchun 1500 ga yaqin taom tarqatilgan.  

“Musulmonlar uchun gap faqat ro‘za tutishda emas, biz oziq-ovqat ta’minotidan mahrum bo‘lganlarning his-tuyg‘ularini tushunishimiz kerak”, degan tashkilotchilardan biri. 

Tadbirning yana bir tashkilotchisi Ali Kamara shunday qo‘shimcha qilgan: 

“Siz bu odamlar [musulmonlar] bilan ishlaysiz. Bu odamlar bilan poyezdga tushasiz. Biz haqiqatan ham birmiz”. 

Biroq, ba’zi musulmonlar xavfsizlik nuqtai nazaridan va nomaqbul reklama taxtalarini yoqtirmasdan, gavjum ko‘chada namoz o‘qish haqida o‘z fikrlarini bildirgan: 

“Nega buni Times maydonida qilish kerakligini tushunmayapman. Siz reklama taxtalarini ko‘rdingizmi?” 

“Kecha u yerda qarindoshlarim bilan birga edim. Ekranlardagi odamlar deyarli yalang‘och. Buning ostida namoz o‘qish bilan biz musulmon bo‘lmaganlarga qanday ishora qilamiz?” 

Avvalroq, 2 aprel kuni Istanbul shahridagi Ayya Sofiya (Avliyo Sofiya) masjidida so‘nggi 88 yil ichida ilk bor taroveh namozi o‘qilgani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

361

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing