MUning 2021-2022 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Sport

image

"Manchester United" jamoasi darvozaboni David De Xeani 2021-2022 yilgi mavsumda jamoasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda “qizil iblislar” matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etish joizki, ispaniyalik darvozabon bu sovrinni to‘rtinchi marta qo‘lga kiritdi. Ushbu natija klub rekordi hisoblanadi. Krishtianu Ronaldu, Lyuk Shou va Antonio Valensiya ikki martadan “Yunayted”ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisiga beriladigan sovringa loyiq deb topilgan.

2021-2022 yilgi mavsumda de Xea “qizil iblislar” safida barcha musobaqalarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 66 ta gol o‘tkazib yubordi. Ispaniyalik futbolchi 2011 yildan buyon "Manchester United"da o‘ynab kelmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, “Manchester United” o‘tgan mavsumda 58 ochko bilan Angliya Premer ligasida oltinchi o‘rinni egallagan edi. Mankunianliklar kelasi mavsumda Yevropa Ligasida o‘ynaydi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

22

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing