MY o‘yini oldidan Fergyuson shifoxonaga yotqizildi
Sport
−
04 may 1031 1 daqiqa
“Manchester Yunayted”ning sobiq bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyuson Angliya Premer-ligasi doirasidagi MYUning “Liverpul”ga qarshi o‘yini oldidan o‘zini yomon his qildi va shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 84 yoshli mutaxassis uchrashuv boshlanishidan taxminan bir soat avval shifoxonaga olib ketilgan. U ehtiyot chorasi sifatida shifokorlar nazoratiga olingan bo‘lib, tez orada uyiga javob berilishi kutilmoqda.
Aleks Fergyuson “Manchester Yunayted” tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiy hisoblanadi. U jamoani 1986 yildan 2013 yilgacha boshqargan va shu davrda klub bilan 13 marta Angliya Premer-ligasi chempionligini qo‘lga kiritgan. Umuman olganda, uning boshqaruvi ostida jamoa 38 ta sovringa ega chiqqan.
2013 yilda murabbiylik faoliyatini yakunlagach, Fergyuson klubda elchi va boshqaruv a’zosi sifatida ishlashda davom etdi. 2024 yil oktyabr oyida klubning yangi egasi Jim Retkliff hamda INEOS tomonidan uning yiliga 2,16 million funt sterling miqdoridagi elchilik shartnomasi xarajatlarni qisqartirish maqsadida bekor qilindi. Shunga qaramay, Fergyuson klubning ijrochi bo‘lmagan direktori lavozimini saqlab qolgan.
Ma’lumot uchun, 2018 yil may oyida Fergyuson miyasida qon ketishi tufayli shoshilinch jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan edi. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan va u keyinchalik to‘liq sog‘aygan.
Live
BarchasiMetroda poverbank yonib ketdi
08 iyun