MYU Reshfordni “Barselona”ga berganidan afsusda – OAV
Sport
−
19 fevral 1449 1 daqiqa
“Manchester Yunayted” rahbariyati klub hujumchisi Marcus Reshfordni “Barcyelona”ga ijaraga berish qaroridan afsusda. Bu haqda “Daily Mirror” nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mankunianliklar ingliz futbolchisini 26 million funt sterling miqdorida sotib olish opsiyasi bilan ijaraga berishga rozi bo‘lgan. Reshford joriy mavsumda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba ta’kidlashicha, “qizil iblislar” rahbariyati futbolchining transfer narxi kamida 50 million funt sterling bo‘lishi kerak deb hisoblamoqda. Futbolchining o‘zi esa Kataloniya klubida qolish istagida va agar “Barselona” uni to‘liq sotib olishga qaror qilsa, bu transfer uning foydasiga hal bo‘lishi mumkin.
Ijara shartnomasida muddatidan oldin bekor qilish bandi ko‘zda tutilmagan. Klub hamkori va egalaridan biri Jim Retkliff byudjet yukini kamaytirish maqsadida Reshfordni sotish tarafdori, biroq uni “Barselona”ga arzonlashtirilgan narxda qo‘yib yuborishni istamayapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lamin Yamal “Barselona” bosh murabbiysi Xansi Flickka jamoaning ayrim o‘yinlarida Markus Reshfordni asosiy tarkibdan tushirib qoldirish kerakligini aytgandi.
Live
Barchasi