MYU Rahmonaliyev jamoasini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

Sport

image

Ozarbayjonning “Sabah” jamoasi “Old Trafford” stadionida Chempionlar ligasining umumiy bosqichi birinchi turida Angliyaning “Manchester Yunayted” klubiga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuvda Mateysh Kunya (27-daqiqa), Brunu Fernandesh (42), Benjamen Sheshko (45) va Lisandro Martines (69) gol urdi.

“Sabah” tarkibida O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Umarali Rahmonaliyev asosiy tarkibda maydonga tushdi va ikkinchi bo‘limning 71-daqiqasida zaxiraga olindi.

“Sabah” tarixda Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga yo‘l olgan ikkinchi Ozarbayjon klubiga aylandi. Bunga qadar “Qorabog‘” 2017-2018 yilgi mavsumda turnirning guruh bosqichida, 2025-2026 yilgi mavsumda esa umumiy bosqichida ishtirok etgan.

Keyingi turda “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Atletiko Madrid”ni qabul qiladi, “Sabah” esa “Slaviya Praga” bilan bahs olib boradi. Har ikki uchrashuv ham joriy yilning 13 oktyabr kuni o‘tkaziladi.

Shuningdek kecha, 10 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan boshqa uchrashuvlarda “Komo” “RB Leypsig”ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi, “Lans” “Slaviya Praga”dan 3:2 hisobida ustun keldi. PSV va “Shaxtyor” o‘rtasidagi bahs 1:1 hisobida yakunlangan bo‘lsa, “Fenerbahche” va “Roma” ham durang – 1:1 qayd etdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing