MYU “ketmoni uchmayotgan” Ronalduni jazoladi
Sport
−
21 Oktabr 2022
8564“Manchester Yunayted” ertaga, 22 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Angliya Premer-ligasining 13-turidan o‘rin olgan "Chelsi"ga qarshi o‘yinda portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduni o‘z tarkibiga kiritmaslikka qaror qildi. Bu haqda “qizil iblislar”ning rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Klub Ronalduning "aristokratlar" bilan o‘yin uchun jamoaning qolgan a’zolari bilan Londonga bormasligi sabablarini ma’lum qilmadi, lekin insayderlar mazkur holatga portugaliyalik futbolchining "Tottenxem"ga qarshi o‘yin yakunlanmasidan stadionni tark etgani sabab bo‘lganini ma’lum qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, "qizil iblislar" "shporlar"ga qarshi bahsni 2:0 hisobida o‘z foydalariga yakunlashgandi.
Ronaldu so‘nggi bir oy ichida ikki marta Premer-ligada umuman maydonga tushirilmadi. Bundan oldinroq esa Erik ten Xag Ronalduni MYUni tark etishiga qarshi emasligi ma’lum qilingandi.
Shaxzod Shukurov
LiveBarchasi